Esdalik sovg‘alari topshirildi.
Joriy yilning 7 noyabr kuni Angor tuman kasaba uyushma bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda «11-noyabr Kasaba uyushmalari» kuni munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida kasaba uyushma raislariga esdalik sovg‘alari topshirildi.