Dolzarb to‘qson kunlik” doirasida seminar va ijodiy tanlov o‘tkazildi

 Angor tumanidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Dolzarb to‘qson kunlik” tadbirlari doirasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davrini mazmunli tashkil etish, tarbiyalanuvchilar xavfsizligi hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

 Seminarda tumandagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va tajribali tarbiyachilar ishtirok etdi. Tadbir davomida 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan turli didaktik o‘yinlar, raqslar hamda sport o‘yinlari namoyish etildi. Shu orqali ishtirokchi pedagoglar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashuvi tashkil qilinib, amaliyotga oid tavsiyalar berildi.

 Tadbir doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” mavzusida rasmlar tanlovi ham o‘tkazildi. Gʻolib deb topilgan tarbiyalanuvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email