
Davlat tili — milliy iftixor va g‘urur timsoli
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan kun — 21-oktabr, ya’ni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan sana munosabati bilan Angor tumanidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda tadbirga taklif qilingan mehmonlar ishtirok etishdi. Davlat tilining jamiyat hayotida tutgan o‘rni, uning ahamiyati, til madaniyatini oshirish va uni asrab-avaylash borasidagi vazifalar xususida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ona tiliga bag‘ishlangan she’rlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.