Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Ximmatova  ishtirok etdi.

Yig‘ilishlarning kun tartibiga ko‘ra,

 Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 2024 yildagi faoliyati yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.

 Jamoa shartnomasining ijrosi bo‘yicha hisobot berildi.

 Hisobot-saylov yig‘ilishi  o‘tkazildi.

Ma’ruzalarda xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasaba uyushmasining tashabbuslari va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kasaba uyushmasining tashkilotdagi o‘rni va ahamiyati borasida fikrlar bildirildi.

Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, ish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritdilar.

Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda a’zolari qayta saylandi. Shu bilan birga, kasaba uyushmasining 2025 yil uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Bu yig‘ilish xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat huquqlarini ta’minlash va kasaba uyushmasining nufuzini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

Jamoa shartnomasini 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 7 fevral kuni  Uzun tumanidagi 8, 9 va 10- maktablarda kasaba uyushmasi tashkilotlarining xisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi xamda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi. Jamoa shartnomasiga 2025 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Xisobot saylov yig‘ilishlarida jamoa bir ovozdan munosib nomzodlarni raislikka saylashdi.

JAMOA SHARTNOMALARI BAJARILISHI 2024 YIL YAKUNLARI KO‘RIB CHIQILDI

 Bugun 2025 yil 4 fevral kuni Uzun tumanidagi 3-maktabda 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda maktab direktori A. Xalilov boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi  T. Abdullaev xamda jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi. Yig‘ilish davomida 2025 yil uchun jamoa shartnomasiga ko‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. 3-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raisi lavozimiga  T.Abdullaev bir ovozdan qayta saylandi.

Jamoa shartnomalari bajarilishi yakunlari

Bugun 2025 yil 3 fevral kuni Uzun tumanidagi 1, 2-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomalarining 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari  xamda jamoa shartnomasi bajarilishini nazorat qiluvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi. 2025 yil uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek, ushbu maktablarda xisobat saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2025 yil 27 yanvar kuni Uzun tuman Maktabgacha va maktab bo‘limi faollar zalida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi kengashi bilan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi o‘rtasida 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa Kelishuvining 2024 yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Uzun tuman Maktabgacha ta’lim bo‘lim boshlig‘i B. Abdurashidov xamda tuman bo‘linmasi raisi Z.Sheralievlarning xisobatlari tinglandi. 2023-2025 yillarga tuzilgan Jamoa kelishuviga 2025 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilot raislari uchun «Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida xisobat saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish va rasmiylashtirish» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Yig‘ilish ishtirokchilariga » O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida xisobat saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom»  talablari asosida xisobat saylovlarni o‘tkazish tartibi, nomzodlarni saylash tartibi, xujjatlarni rasmiylashtirish, komissiya a’zolarining vazifalari xamda dublyorlar xaqida batafsil ma’lumot va tushuntirishlar berildi.

Diplom muborak

O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tarkibida bo‘lgan Oltinsoy tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti “Markaziy osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Eng yaxshi ijtimoiy sherik” tanlovining viloyat bosqichida I-o‘rinni egallagan Soatova Feruza Erkinovna  I-darajali Diplom bilan taqdirlandi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

O‘zbekiston Dalat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi, hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Janubiy-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni general-mayor F. Shermatovning bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i I.Qambarov yil yakunlarini sarhisob qilib, faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni o‘z farmoyishi asosida pul mukofoti bilan taqdirladi.

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Himmatova ham tadbirda so‘zga chiqib, barcha tadbir ishtirokchilarini bayram munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbir yakunida esdalik sovg‘alari Surxondaryo viloyat hokimligi, Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi va O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan topshirildi.

Tadbir milliy xavfsizlikni ta’minlashda armiyaning muhim o‘rnini yanada yorqin namoyon qildi va faxr tuyg‘usini mustahkamladi

«Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida 2024 yil 13 yanvar kuni  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Vatan orim, Vatan iymonim» mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat baynalminal jangchilar uyushmasi a’zolari va markaz jamoasi faol ishtirok etdilar.

Tadbirning ochilish marosimida markaz direktori I. Mamarajabov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni bayram bilan chin dildan qutladi. U o‘z nutqida Vatanga sadoqat va fidoyilik mavzusini yoritib, hozirgi tinchlik va osoyishtalikning qadri haqida gapirib o‘tdi .

Shuningdek, markaz boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi O. Tadjiev tomonidan tadbir qatnashchilariga esdalik sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Sovg‘alar bayramga qo‘shilgan quvonchni yanada orttirdi.

Tadbir samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Ishtirokchilar bayram doirasida o‘zaro fikr almashib, bayramning har bir daqiqasidan bahra oldilar. Tadbir ishtirokchilari uning ta’sirli va esda qolarli bo‘lganini ta’kidlab, tashkilotchilarga o‘z minnatdorliklarini bildirdi.