Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi J.Xolmurodov raisligida tarmoqning tuman (shahar) kengashlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti raislari ishtirokida “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish” mavzusida amaliy o‘quv-seminar tashkil etildi.
O‘quv seminarda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining bosh hisobchisi Egamberdiev Toxir Berdiyorovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich hamda viloyatdagi tarmoq tizimiga a’zo 65 ta yirik korxona, tashkilotlarning boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilot qo‘mita raislari ishtirok etdi.
O‘quv-seminarida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari rahbarlaridan hisobot-saylov konferensiyalariga puxta tayyorgarlik ko‘rishni, ushbu masalaga mas’uliyat bilan yondoshishni, konferensiyalar O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni, Federatsiya va tarmoq kasaba uyushmalari ustavlari, tizimda amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishini ta’minlashni, hisobot-saylov konferensiyasini o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ri rasmiylashtirishi bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat Kengashining Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri B.M.Muxammadiev seminar ishtirokchilar tomonidan hisobot-saylov konferensiyalari va yig‘ilishlariga oid masalalar bo‘yicha berilgan savollarga batafsil tushintirish berib o‘tdi.