
Bilimlar kuni — yangi marralar sari!
Bugun Boysun tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlandi. Ushbu quvonchli kun o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun chinakam bayram bo‘ldi.
Bilim — mustaqillikning eng kuchli quroli, kelajagimizning poydevori. Shu bois, bu kun nafaqat darslarning boshlanishi, balki yangi orzular, ulkan marralar va yurt ravnaqi yo‘lidagi qadamlarning ham boshlanishidir.
Kasaba uyushmalari nomidan yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchi va o’qituvchilarga kuch-g‘ayrat, sabr-toqat va ulkan yutuqlar tilaymiz!