“AYOLLAR DAFTARI” 6-BOSQICHINING XATLOVI OLDIDAN

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 145-sonli qarori, 2024 yil 10 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati hamda «Ayollar daftari» bilan ishlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi №833 sonli qarori hamda 2024 yilning 17 dekabr kuni “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika komissiyasining kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida 2025 yilning 6 yanvaridan boshlanayotgan “Ayollar daftari” 6-bosqichining xatlovi oldidan viloyat shtabining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat shtabiga biriktirilgan viloyat tashkilotlari mas’ullari, tijorat banklari, mahalla yettiligining viloyat tashkiloti xodimlari Respublikadan biriktirilgan vakil Qodirov Shavkat Jumabaevich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov, rais o‘rinbosari Q.Bobolovlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “Ayollar daftari”ning 6 bosqichiga kiritiladigan xotin-qizlarni xatlovdan o‘tkazishda e’tibor qaratiladigan jixatlarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida “Ayollar daftari”ga doir barcha masalalar ko‘rib chiqilib, 2024 yil davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik, xatlov jarayonini sifatli tashkil etish, hech bir ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol qolib ketmasligi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Yig‘ilish yakunida faollar va hamkor tashkilotlar tomonidan savollarga to‘la javob berildi.

Print Friendly, PDF & Email