«11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

«11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni» munosabati bilan «Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun» g‘oyasi asosida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Uzun tuman Bo‘linmasi tomonidan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport tadbiri  bo‘lib o‘tdi. Musobaqa samimiy, qizg‘in xamda ko‘tarinki ruxda o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari tashkiliy qo‘mitaning diplom xamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Respublika kengashi bosh yuristkonsulti D.A. Muxamedalieva va O‘zbekiston ta’lim va fan  xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha masul tashkilotchisi B.N.Xoliyarovlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “ 11 noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “ Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida 2 — umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari o‘rtasida shaxmat, shashka musobaqasi o‘tkazilib, g‘oliblar tuman bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Qiziriq tuman bo‘linmasi tomonidan “11 noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “ Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan g‘oya asosida “Yangi O‘zbekistonning yangi kasaba uyushmalari 10 kunligi” doirasidagi tadbirlar Qiziriq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida bo‘lib o‘tdi.

ShAXMAT MUSOBAQASI TAShKIL ETILDI

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  doirasida “ShAXMAT” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada oliygoh talabalari, yosh o‘qituvchilar hamda ishchi hodimlardan iborat 100 nafardan ortiq havaskor shaxmatchilar ishtirok etdi. Qiziqarli bellashuvlarga boy o‘tgan o‘yin yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

“KASABA UYUShMA BILIMDONI” kitobxonlik viktorinasi o‘tkazildi.

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi  doirasida “Kasaba uyushmasi bilimdoni” kitobxonlik viktorinasining tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan mazkur viktorinada yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda kasaba uyushmalari faoliyatiga oid masalalar yuzasidan tuzilgan savollar o‘quvchilarga taqdim etildi. Qizg‘in baxs-munozaraga boy o‘tgan savol-javoblarda tezkorlik va faolllik ko‘rsatgan bir qator yoshlar g‘olib deb topilib, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashining diplom va kitoblari sovg‘a tariqasida ulashildi.

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

“11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni”  munosabati bilan Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Do‘stlik» ordeni va «Mehnat shuhrat» medali sohibi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich bilan ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotgan yosh o‘qituvchi-hodimlar hamda talabalar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning sifatli ta’lim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari yakunda yurt koriga yaraydigan raqobatbardosh kadrlar bo‘lib voyaga yetishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va ulardan unumli foydalanish masalalari xayotiy misollar asosida, sodda tilda  tushintirib berildi.

 

«Inson qadri har narsadan ulug‘» g‘oyasi asosida madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi

2021 yildan boshlab har yili 11-noyabr «Kasaba uyushmalar kuni»  keng nishonlab kelinmoqda. Bayram tadbirlari barcha bo‘g‘indagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida o‘tkazilganidek Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabida ham «Inson qadri har narsadan ulug‘» g‘oyasi asosida madaniy  tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari ishtirok etishdi. Maktab o‘quvchilari o‘qituvchilarini madaniy chiqishlarini olqishlab, yutuqlari bilan tabriklashdilar. Tadbir  so‘nggida  jamoat ishlarida faol ishtirok etishgan o‘quvchi va o‘qituvchilar rag‘batlantirildi.