Ma’rifat soati tashkil etildi

Sherobod tumanidagi 44-umumta’lim maktabida 2025 yil 12 dekabr kuni pedagogik jamoa o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning «Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida» sarlavhali maqolasi bo’yicha ma’rifat soati tashkil etildi. Maktab BKU raisi Sh. Jo’rayev maqolaning mazmuni haqida jamoa a’zolariga batafsil tushuncha berdi.

Ochiq muloqotlari o‘tkazildi

Joriy yilning  12 noyabr kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi   tizimidagi Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi  Oygul Jabborovna Shomuratovaga O‘zbekiston kasaba uyushmalarining  120 yilligi “Esdalik nishoni” Birlashgan qo‘mita raisi X.Qo‘zimuradov tomonidan topshirildi.

           Obodonlashtirish boshqarmasida bayram munosobati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari hamda viloyat kengashi mehnat huquq inspektori Zarif Xolov ishtirokida kasaba uyushmasi a’zolari bilan  ochiq muloqotlari o‘tkazildi.

“Milliy kiyimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 7 noyabr kuni Tadbirkorlik biznes va xizmat ko’rsatish sohalari hodimlari kasaba yushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo’mitasai tasarrufida bo’lgan Angor tuman 1-son politexnikumida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yillik yubileyi hamda 11 noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan “Milliy kiyimlar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir politexnikumning tikuvchilik ustaxonasida tashkil etilib, unda tikuvchilik yo‘nalishida o‘qiyotgan qizlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan milliy liboslar namoyish etildi. Bu jarayon qizlarning didini, nozik ishlash mahoratini va ijodiy yondashuvini yanada rivojlantirdi.

Tadbirning maqsadi yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, milliy kiyinish madaniyatini keng ommalashtirish hamda tikuvchilik bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

11-NOYABR – O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI 🇺🇿

Bugun maktabimizda 11-noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kunining 120 yilligi munosabati bilan Inson qadri har narsadan ulug’ shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ustozlarimizga ehtirom bajo keltirilib, fidokor o‘qituvchilar e’tirof etildi hamda xodimlar o’rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o’tkazildi.

Kasaba uyushmalari — mehnatkash insonlar himoyasi, birdamlik va mehr-oqibat timsolidir.

Barcha kasaba uyushmasi a’zolarini bayram bilan tabriklaymiz!

Esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilning  7 noyabr kuni  Angor tuman kasaba uyushma bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda «11-noyabr Kasaba uyushmalari» kuni munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida kasaba uyushma raislariga esdalik sovg‘alari topshirildi.