“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musoboqasi o‘tkazildi

Joriy yilning 19 aprel kuni Qiziriq tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabining sport bazasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi sport musoboqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Surxondaryoda “Hamshira-2025 ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 16 aprel kuni Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Sog‘likni  saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi hamda O‘zbekiston Hamshiralar Assotsiatsiyasi Surxondaryo viloyat bo‘linmasining qo‘shma qarorlariga asosan “Hamshira-2025 ko‘rik-tanlovi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 1-o‘rinni Termiz shahar tibbiyot birlashma 4-oilaviy poliklinika amalyotchi hamshirasi Mohimbonu Bahodirova, 2-o‘rinni  Denov tuman tibbiyot birlashma 10-oilaviy poliklinika patronaj hamshirasi Hadichabonu Bakoeva, 3-o‘rinni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali onko-ginekologiya navbatchi hamshirasi Dilnoza Haydarovalar qo‘lga kiritishdi va tashkilotchilarning qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Angorda o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Angor tumanidagi o‘qituvchilar o‘rtasida

 “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida mini-futbol bo‘yicha 1-o‘rinni 21-sonli umumta’lim maktabi, stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni 9, 25-sonli umumta’lim maktablari,  shaxmat bo‘yicha 1-o‘rinni 8,13-sonli umumta’lim maktablari, shashka bo‘yicha 26, 28-sonli umumta’lim maktablari jamoasi egallashdi.

Yuqori natijalarni egallagan g‘olib jamoalarga hamkor tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi.

Sport — salomatlik garovi, jamoaviylik — taraqqiyot kaliti!

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamda tuman sport maktabi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash va sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kasaba uyushmasi kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa nafaqat sog‘lom raqobat muhitini yaratdi, balki ta’lim fidoyilarini sport maydonlarida birlashtirib, o‘zaro hamjihatlik va jamoaviylikni mustahkamladi.

G‘olib va faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Bunday tashabbuslar esa, albatta, sog‘lom jamiyat va samarali ta’lim sari dadil qadamdir!

Hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi

Uzun tumanidagi 3, 4, 8 hamda 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida boshlang‘ich kasaba uyushmasi hisobot-saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yig‘ilishda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti boshlang‘ich kasaba uyushmasi raislarining 2020-2025 yillarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Kasaba uyushmasi raisligiga va qo‘mita tarkibiga nomzodlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Yig‘ilish davomida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sherobodda “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari!

Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamda tuman sport maktabi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” ni xududiy bosqichi o’tkazildi.

Musobaqalarda ishtirokchilar futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbir barcha qatnashchilarga yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini ulashdi.

Mazkur sport tadbiri – nafaqat jismoniy faollik, balki ta’lim sifatining oshishida sog‘lom muhitning naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotladi.

G’olib bo’lgan maktab jamoalari tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

 

 Sog‘lom jamoa – sifatli ta’lim garovi!

Korrupsiyaga yo‘l yo‘q

Joriy yil yilning 5 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Senatidagi yig‘ilishda ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi tashabbuslarni e’lon qildi. Davlat rahbari o‘z nutqida jamoatchilikni korrupsiyaga murosasiz bo‘lishga chorlab, buning uchun amaliy sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi.

Kuni kecha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashida ayni shu mavzuga bag‘ishlab davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda viloyat kengashi xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat, tuman va shahar kengashlari xodimlari, yirik boshlang‘ich tashkilot kasaba qo‘mita raislari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlatning, balki har bir fuqaroning vijdon ishi ekanligi ta’kidlandi. Adolatli jamiyat qurish uchun faqat qonunlar yetarli emas, odamlar ongida ham bu illatga qarshi murosasizlik shakllanishi shart. Prezident ta’kidlaganidek, keng jamoatchilikni bu jarayonga jalb qilmasdan, korrupsiyaga qarshi samarali kurasha olmaymiz.

Jamoa shartnomasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi

Joriy yilning 26 mart kuni Uzun tumanidagi 63, 64- maktablarda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2024 yil yakuni hamda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot saylov yig‘ilishlari o‘tkazildi. Yig‘ilishda maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislarining  2020 yil mart oyidan 2025 yil mart oyigacha bo‘lgan davrda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari M.Dusmurodov va A. Jumaevlar qayta saylandilar.