SHoli yig‘im terimini muvaffaqiyatli yakunlandi

17 — dekabr kuni Surxondaryo viloyat Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi  tizimida bo‘lgan  “SURXON COTTON TEKSTIL CLUSTER SHOLI” mas’luyati cheklanan jamiyati  sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlangani munosabati bilan  tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi X.Qo‘zimuradov ham ishtirok etib barcha ishchi xodimlarni sholi yig‘im terimini muvaffaqitli yakunlanganligi munosabti bilan tabriklab  jamoat ishlaridagi faol ishtiroki hamda viloyatda sholi yetishtirishdagi ulkan hissalari uchun  ishchi xodimlar viloyat tarmoq kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirladi.

«Termiz daryo porti» mas’uliyati cheklangan jamiyati 70 yoshda

Termiz shaxridagi Yoshlar markazida «Termiz daryo porti» mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilganligining 70 yilligi munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga taklif etilgan mexmonlarning  tabriklari tinglanib , sohada fidoiy bo‘lgan bir guruh faxriylar, soha vakillari va sohaning yosh mutaxassislariga  estalik sovg‘alar , ko‘krak nishonlari, medalyonlar, tashakkurnoma , faxriy yorliq va qimmatbaxo sovg‘alar topshirildi. Taqdirlash marosimi yakunida  sa’nat ustalari ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi                           

Tadbirkorlar e’tiborda

Joriy yilning 4- dekabr kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat tarmoq kasaba uyushmasi tizimida bo‘lgan  Denov tuman «Tadbirkorlar» kasaba uyushmasi  qo‘mitasi 8-dekabr «O‘zbekiston Respublikasi   Konstitutsiya kuni» bayrami munosobati bilan bir gurux nafaqadagi savdo xodimlari va tadbirkorlarni viloyatimizdagi Al Hakim At Termez  ziyoratgoxiga sayoxati amalga oshirildi.

“Tibbiyot xodimlari kuni”

Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi hamkorlikda joriy yilning 10-11-noyabr kunlari “Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abduvoxidov Komil Murtazayevich, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi raisi Kadirova Muyassar Djumayevnalar ishtirok etdi.
Tibbiyot sohasida sadoqatli xizmatlari, sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qo‘shgan xissalarini inobatga olib bir gurux tibbiyot xodimlari O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligining “Sog‘liqni saqlash a’lochisi”ko‘krak nishoni, tashakkurnomasi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining qimmatbaho sovg‘alari, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashining faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand shahriga sayohat

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Boysun tuman Bo‘linmasi tomonidan bir guruh ta’lim xodimlari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo’mita raislarni 11-noyabr kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan qadimiy va navqiron Samarqand shaxrining ta’rixiy obidalari va YANGI Samarqandning navbunyod go‘zal joylarini ziyorat qilish tashkillashtirildi. Soha xodimlari ushbu turizm sayoxatidan kasaba uyushmalari tashkilotchilaridan mamnun bo‘lganliklarini bildirdilar.