
Faxriylar eʼtiborda
Faxriylar hamisha eʼtiborda. Uzun tuman taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boʼlinmasi tomonidan «Keksalar xaftaligi» doirasida bir gurux faxriylar xolidan xabar olindi va ularga esdalik sovgʼalari topshirldi.
Faxriylar hamisha eʼtiborda. Uzun tuman taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boʼlinmasi tomonidan «Keksalar xaftaligi» doirasida bir gurux faxriylar xolidan xabar olindi va ularga esdalik sovgʼalari topshirldi.
Uzun tumanidagi muxtasham «Shirin» toʼyxonasida Uzun tumanidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 300 nafar ustoz va murabbiylarga Uzun tuman xokimligi, tuman Maktabgacha va maktab boʼlimi hamda tuman taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Boʼlinmasi tomonidan bayram dasturxoni tashkil etildi. Bayram tabrigida ustozlarning yutuqlari eʼtirof etildi. Taʼlim sohasida aloxida yutuqlarga erishgan bir gurux ustozlar tuman xokimligi va tuman Kasaba uyushmasi Boʼlinmasining sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.
«1 Oktabr — Ustozlar va murabbiylar kuni» munosabati bilan Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi tomonidan Xalq ta’lim xodimlari o’rtasida an’anaviy 32- Spartakiada o’tkazildi. Spartakiadada xodimlar sportning 6 ta turi bo’yicha kuch sinashishdi. G’oliblar tuman Bo’linmasining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Uzun tumanidagi 20-sonli umumta’lim o’rta maktabda uzoq yillar davomida yoshlarga matematikadan saboq bergan Ostanaqulov Mustafo o’zining 90 yillik yubileyini nishonlamoqda. Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi Ustozni muborak tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi.
Joriy yilning 22 sentabr kuni Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo’linmasi xodimlari tomonidan «Sangardak» sanatoriysida dam olayotgan nuroniylar bilan davra suhbati uyushtirishdi. Nuroniylarga Uzun tumanidan tashrif buyurgan xushovoz xofizlar o’zlarining musiqali dasturlarini taqdim etishdi.
Joriy yilning 21 sentabr kuni tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan asarlar muallifi, taniqli adib Amirsaidxon Usmonxo’jayev Sariosiyo tumanidagi “Sangardak” sanatoriyasida dam olayotgan fuqarolar hamda nuroniylar bilan ijodiy uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuv davomida bugungi kunda davlatimiz tomonidan nuroniylarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ayniqsa ijodkorlarga qaratilayotgan e’tibor yuzasidan fikr almashildi, shukronalar keltirildi.
Shundan so’ng Amirsaidxon Usmonxo’jayev o’zi muallifligidagi «O’zingni anglab, odob saqla» nomli asari taqdimoti bo’lib o’tdi. Muallif kitobning yaratilish tarixi hamda mazmun-mohiyati haqida so’z yuritib, tadbir ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berdi.
Yakunda muallif tomonidan sanatoriya kutubxonasiga kitoblar to’plami sovg’a qilindi.
Bugun Surxondaryoda tarixiy kun. Yaqinda Sariosiyo tumanining tog’li Sangardak qishlog’ida muhtasham dam olish maskani qad rostladi. Purviqor tog’lar bag’rida olmosdek yaraqlab turgan 8 qavatli bino dengiz sathidan qariyb bir yarim ming metr tepalikda barpo etildi.
Mazkur sihatgoh 3,2 gektar hududda joylashgan bo’lib, 250 o’ringa mo’ljallangan. Uch yil oldin qurilishi boshlangan“Sangardak sanatoriysi” bugun mehmonlarni kutib olishga shay
Ayni paytda maskanning ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda. Tadbirga O’zbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari, hukumat va jamoat vakillari, faxriylar, taniqli shaxslar, elimiz sevgan shoiru adiblar, san’atkorlar tashrif buyurishgan.
Tadbirni O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov ochib berdi.
— Alohida ta’kidlash lozimki, bu muhtasham koshona, hech shubhasiz, Muhtaram Shavkat Miromonovichning Siz — azmu shijoati baland Surxondaryo ahliga, qolaversa, butun O’zbekiston mehnatkashlariga munosib bayram sovg’asi desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Mazkur sanatoriy Prezidentimizning xalqchil insonparvar g’oyasi — “Inson qadri uchun” tamoyilining yana bir amaliy ifodasi bo’ldi!
Davlatimiz rahbari tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash joylarda “Xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik va ishsizlikdan holi hudud” dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash bo’yicha belgilab berilgan vazifalarni samarali va tizimli amalga oshirish maqsadida, Uzun, Denov hamda Sariosiyo tumanlarida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko’rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o’rinbosari Sh. Qodirov, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasini viloyat kengashi raisi o’rinbosari Q. Boboyev, tuman hokimi X.Bozorov va sektor rahbarlari hamda hokim o’rinbosarlari ishtirok etdi.
Yigilishda Sh.Qodirov so’zga chiqib ishchi guruxga bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar yuzasidan yani, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilikni bartaraf etish,xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash bo’yicha hududning mavjud imkoniyatlarini tahlil etish kabi ishlarni tizimli ravishda bajarish bo’yicha tushunchalar berdi.