
Hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 22 fevral kuni Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 22 fevral kuni Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishi yakuniga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
Joriy yilning 21 fevral kuni Angor tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida 2023-2025 yillar uchun imzolangan jamoa shartnomasining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Angor tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Normurod Boltaev, hamda KUK raisi Bozorov Olim Xidirovichning va jamoa shartnomalarini nazorat qiluvchi xodimlarning hisobotlari tinglandi.
2024 yil 16 fevral kuni Uzun tumanidagi 49, 50- o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasi bandlarining 2023 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Maktab direktorlari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mita raislari hamda jamoa shartnomasini nazorat qiluvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasiga 2024 yil uchun qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi.
O’zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining IX majlisi Samarqand shaxrida bo’lib o’tdi. Yig’ilishda sohani rivojlantirish masalalari va o’z o’rnida kamchiliklar ham sanab o’tildi.
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani hokimligi binosida Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining 2023 yil 23 avgustdagi kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tuman sektor rahbarlari, mas’ul idora va tashkilotlar xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasidan viloyatga biriktirilgan vakil Sh.Qodirov, Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni bartaraf etish bo‘yicha viloyat ishchi guruhi rahbari Q.Bobolovlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda tuman ishchi guruhi a’zolariga tumandagi mavjud mahallalarda faoliyat olib borayotgan beshlik tomonidan xatlovlarni haqqoniyligiga alohida e’tibor qaratish, ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarning takliflaridan kelib chiqib munosib ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbir asosida ish olib borishlari to‘g‘risida tegishli taklif va tavsiyalar berib o‘tildi
“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filialida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yildagi ijrosi yuzasidan jamoaning umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda korxona direktori Q.Xamraev va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Djuraevalar yig‘ilish qatnashchilari oldida hisobot berishdi. Unda “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati Surxondaryo filiali jamoa shartnomasi va unga kiritilgan bandlarning har birining bajarilishi to‘g‘risida, pochta sohasida kiritilayotgan yangiliklar va qo‘shimcha xizmat turlari to‘g‘risida, 2023 yilda filial daromadi sezilarli darajada oshganligi, buning natijasida xodimlar o‘z vaqtida oylik maoshlarini olib kelayotganligi, xodimlar salomatligini tiklash, ularni sport bilan shug‘ullantirish, ichki turizmni rivojlantirish, xodimlar farzandlarini bolalar oromgohlarida dam oldirish hamda soha rivoji uchun kelgusida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida axborotlar berildi.
Jamoa shartnomasini ijrosi bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalar ishchi guruh tomonidan o‘qib eshitildi va tasdiqlandi. Korxonada 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil bajarilishiga qoniqarli baho berildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Gapurov Yunus Yusupovich va mehnat texnik bosh mutaxassisi Ravshan Naralievlar ishtirk etishdi. Jamoaning umumiy yigilishida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining
Surxondaryo viloyat kengashi Mehnatkashlarning
ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya
qilish bo‘limi mudiri M.Anarboev
Bugun Uzun tumanidagi 32,33,34-umumiy o’rta ta’lim maktablarida 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar o‘tkazildi.
02.02. 2024. Uzun tumanidagi 27,29 hamda 30-maktablarda 2023-2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2023 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishlarda maktab direktorlari, BKUQ raislarining hamda jamoa shartnomasini bajarilishini nazorat qilib boruvchi komissiyaning xisobotlari tinglandi.