KITOB TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida ikki tomli «O‘zbekiston kasaba uyushmalari. 120 yil xalq bilan» kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari raislari, hamkor tashkilotlar vakillari hamda kasaba uyushmalari faollari ishtirok etdi.

«O‘zbekiston kasaba uyushmalari. 120 yil xalq bilan» kitobi ikki jilddan iborat bo‘lib, unda kasaba uyushmalari harakatining yuzaga kelishi, shakllanishi va bugungi kungacha bosib o‘tgan taraqqiyot bosqichlari keng yoritilgan.

Taqdimotda so‘zga chiqqanlar mazkur kitobning nashr etilishi kasaba uyushmalari tarixini tizimlashtirish, uni ilmiy jihatdan o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganini e’tirof etdilar.

Ushbu kitoblar viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari, kutubxonalar, muzeylar va kasaba uyushmasi faollariga sovg‘a qilindi.

 

“Amir Temur – buyuk davlat va siyosat arbobi”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi “Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashida “Biz kim — mulki Turon, Amiri Turkistonmiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur anjumanda turli soha vakillari, jumladan, kasaba uyushmalari tizimi xodimlari, tashkilot va idoralar mas’ullari, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, talabalar, teatr aktyorlari hamda harbiylar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ma’ruzachilar Amir Temurning hayoti, siyosiy va ijtimoiy faoliyati, Sohibqiron davridagi ilm-fan, madaniyat hamda ta’lim rivoji haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. O‘z navbatida, talaba-yoshlar buyuk sarkardaning hayotiy tajribasi asosida yaratilgan “Temur tuzuklari” asaridan adolatparvarlik, halollik va mardlikni targ‘ib qiluvchi hikmatli so‘zlarni yod oldilar.

Yakunda tadbirni yuqori saviyada o‘tkazishga hissa qo‘shgan bir guruh ishtirokchilar tashkilotchilarning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Viloyatimizda yuksak saviyada keng ko‘lamli harbiy parad o‘tkazildi

Joriy yilning 4-aprel kuni Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan viloyatimizda yuksak saviyada keng ko‘lamli harbiy parad o‘tkazildi.

Mazkur tantana buyuk sarkarda va davlat arbobining boy tarixiy merosini ulug‘lash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi barcha kuch tuzilmalari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, shuningdek, Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabi jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining yuksak tayyorgarligi va saf intizomini namoyish etdilar.

Paradda otliq chavandozlarning ishtiroki alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi. Ular Sohibqiron davri navkarlarining jangovar liboslarida saf tortib, tarixiy an’analarimizni jonli tarzda aks ettirdilar. Saf muqaddimasida ramziy Amir Temur siymosidagi chavandozning ko‘rinishi tadbirga o‘zgacha salobat va ruh bag‘ishladi.

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 26 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashida jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A. Axmedovning hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Yu. Xidirovaning hisobotlari tinglandi va qoniqarli deb topildi.

 

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Jarqo‘rg‘on tumani “Faxriddin” mas’uliyati cheklangan jamiyatida jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi yakunlari va 2025 yil uchun yangi jamoa shartnomasini qabul qilish bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi va faoliyat qoniqarli deb topildi.

 

Bayram sovg‘alari topshirildi

Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida Ramazon hayiti va Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Mehr ulashaylik» shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Sariosiyo tumanidagi «Farhod» ayollar muruvvat uyida yashovchilar holidan xabar olinib, ularga va muassasa xodimlariga tashkilotchilarning bayram sovg‘alari topshirildi.

2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati tizimidagi «To‘palang-Qoratoq» irrigatsiya tizimlari boshqarmasida 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Xolnazarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Turdiev hamda boshqarma boshlig‘i va hududiy bo‘linmalardan 38 nafar vakil ishtirok etdi.

Tadbir davomida boshqarma xodimlari va vakillardan R.Botirov, A.Abdurasulov, M.Yuzbaeva hamda O.O‘rinovalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan 2025–2027 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.

 

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

Angor tumanida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Hashar jarayonida yo‘l chetlarini obodonlashtirish, ekilgan daraxtlarni parvarishlash, gul ko‘chatlari va urug‘larini ekish ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ezgu tadbirda fuqarolar, yoshlar, nuroniylar hamda tashkilot va muassasalar xodimlari faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va mahallalarimiz ko‘rkamligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Jamoa shartnomasi qabul qilindi

Joriy yilning 13 mart kuni Uzun tumanidagi 22 va 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha mehnat jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkilot direktorlari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislarining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi «qoniqarli» deb baholandi. Shuningdek, tadbir davomida 2025–2027 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.