XII-Salomatlik spartakiadasi

Viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yilligi munosabati bilan «Taqdirimsan, baxtimsam, erkim va obod Vatan!» shiori ostida 2012 yil 23-24 iyul kunlari Sariosiyo tumani X.Qulniyozov oromgohi xududida tarmoq xodimlarining XII-Salomatlik spartakiadasi o’tkazildi.
Sportning engil atletika, stol tennisi, voleybol turlari va kasaba uyushma qo’mitalari raislari o’rtasida «Darts» turi bo’yicha o’tgan baxslarda Termiz shaxar tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo’mitasi jamoasi I-o’rinni, Termiz tuman tibbiyot birlashmasi II-o’rinni, Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari esa umumjamoa xisobida III-o’rinni egallashdi.
Spartakiada g’oliblari viloyat kengashining qimmatbaxo sovg’alari va I-II-III darajali diplomlari bilan taqdirlandi.

O’quv seminar

Viloyat sog’liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi tomonidan 2012 yil 17 iyul kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlarining Ustav bo’yicha faoliyatlarini namunali tashkil etish, kasaba uyushma tashkilotlarida ish yuritish va xujjatlarni rasmiylashtirish bo’yicha 20 ta boshlang’ich tashkilotlar raislari ishtirokida o’quv seminari tashkil etildi.

Manzilli yordam

Surxondaryo viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi va tarmoq kasaba uyushmalari organlari bilan hamkorlikda 9-may ?Xotira va qadrlash? kuni umumxalq bayrami va «II-jaxon urushida fashizm ustidan qozonilgan g?alabaning 67 yilligi» munosabati bilan urush qatnashchilari

12-may «Xalqaro xamshiralar» kuni tadbiri

Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida tibbiy xizmat sifatini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, yuqori malakali tibbiy xodimlarni tayyorlash va tizimni takomillashtirish borasida izchil islohatlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda viloyatimizda 21209 nafarga yaqin xamshiralarimiz tibbiy muassasalarida o?zlarining kasbiy mahorat, mehribonlik, chaqqonlik, samimiylik va kamtarlik fazilatlariga ega bo?lgan xislatlari bilan xalqimiz salomatligi yo?lida astoydil xizmat qilib kelmoqdalar.
Zero, aholi sog?lig?ini saqlash, kasalliklarning oldini olish, sog?lom turmush tarzini targ?ib qilish, birlamchi tibbiy sanitariya yordamini ko?rsatishda xamshiralarning faoliyati katta ahamiyatga ega.
Ma?lumki har yili 12-may ?Xalqaro xamshiralar kuni? sifatida butun dunyoda shu jumladan respublikamizda ham o?zgacha shukuh va ko?tarinkilik kayfiyatida kutib olinadi.
Joriy yilning 12 may kuni Surxondaryo viloyatida 12-may ?Xalqaro xamshiralar kuni? tadbiri ko?tarinki ruhda o?tqazildi. Unda viloyat cog?liqni saqlash boshqarmasi boshlig?I T.S.Arziqulov kirish sozi bilan ochib, xamshiralarni kasb bayramlari bilan tabrikladi.
Shuningdek yig?ilishda viloyat sog?liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi M.J.Qodirova tadbir ishtirokchilarini kengash rayosati nomidan tabriklab, viloyat sog?liqni saqlash sihasida samarali va halol mehnat qilayotgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yoshlarga murabbiylik, ustozlik qilib kelayotgan jonkuyar, ayni paytda tajribali yuqori bilimga ega xamshiralardan bir guruhini faxriy yorliq va qimmatbaho sovg?alar bilan taqdirladi.
Bayram tadbirida 128 nafar o?rta tibbiy xodimlari ishtirok etdi. Ularga kontsert dasturi namoyish etildi.

Bayram arafasidagi xayirli ish

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining «Mustahkam oila yili» Dasturiga asosan viloyatdagi 500 ta kam ta’minlangan oilaga 20 tadan jami 10000 (o’n ming) dona tovuq tarqatildi.
Uzun tumanidagi «Galinar» parranda ishlab chiqarish firmasidan 150.0 million so’mga 10000 dona 150 kunlik, tuxum berishga mo’ljallangan «Xay-layn braun» navli tovuq olib berildi.
Tovuqlar Uzun tumanidagi «Galinar» parranda ishlab chiqarish firmasidan Qumqo’gon tumanidagi 80 ta, Sho’rchi tumanidagi 70 ta, Oltinsoy tumanidagi 70 ta, Denov tumanidagi 140 ta, Sariosiyo tumanidagi 75 ta va Uzun tumanidagi 65 ta kam ta’minlangan xonadonlarga tumanlarga biriktirilgan vakillar org’ali tarqatildi.