«SURXON»da yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bugun Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumani «Surxon» qishloq fuqarolar yig’ini hududining aholi zich yashaydigan joyida «Charog’on tekstil» fabrikasi ishga tushurildi.
Ushbu fabrikaning qurilish-montaj ishlariga 7.5 mlyard so’m mablag’ sarf-xarajat qilinib ,
GAK «O’zbekenergo» mablag’lari va «kapitalbank» kreditlaridan foydalanildi.
Fabrikada 120 dona Yaponiya mamlakatidan keltirilgan , zamonaviy tipdagi tikuv mashinalari o’rnatildi.
Fabrikaning ishga tushishi munosabati bilan 200 nafar yangi ish o’rinlari yaratilib ,shundan 120 nafar ish o’rinlarida kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar ishga qabul qilindi.
Fabrikada turli xil choyshablar,bolalar,erkak va ayollar uchun kiyim kechaklar , universal xoldagi ishchilar va muxandis texnik xodimlar uchun maxsus kiyim kechaklar ishlab chiqarilishi hamda keyinchalik chetga eksport qilinishi mo’ljallangan.

Ilg’orlarni rag’batlantirish

2013-yil paxta yig’im terimida faol ishtirok etib o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan 70 nafardan ortiq Surxondaryo viloyat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi a’zolariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

“Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida festivali o‘tkazildi

“Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida festivali o‘tkazildi.
Viloyatimizda Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha “Milliy qadriyatlarimiz – beqiyos boyligimiz ” shiori ostida Respublika festivali o‘tkazildi.
Festivalda Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari bo‘yicha shahar va tumanlardan 15 nafardan ishtirokchilar qatnashdilar.
Festivalning faol ishtirokchilariga viloyat hokimligi, homiylar hamda jamoat tashkilotlarining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Viloyatda “KASABA-TUR” velomarafoni o`tkazildi.

Korxona, tashkilot va muassasalardan qatnashgan xavaskor velosportchilar o`rtasida Termiz shahrida “KASABA-TUR” velomarafoni kutarinki ruhda o`tkazildi.
Velomarafonda 300 nafarga yaqin 25 yoshdan 45 yoshgacha bo`lgan erkak va ayol xavaskor velosportchilar ishtirok etdilar.
G`oliblar va ishtirokchilar qo`shimcha nomenatsiyalar bo`yicha viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasining estalik sovg`alari va diplomlari bilan taqdirlandilar.

«Harbiy qismda askarlar bilan uchrashuv»

Xuddi shu kuni Termiz shahridagi 4278-harbiy qismda O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tashabbusi bilan Respublikamiz mustaqilligining 22 yilligiga bag`ishlangan “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O`zbekiston!” mavzuidagi madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda tashkilotchilar mamlakatimizda Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar,