«SURXON»da yangi ish o’rinlari yaratildi.
Bugun Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg’on tumani «Surxon» qishloq fuqarolar yig’ini hududining aholi zich yashaydigan joyida «Charog’on tekstil» fabrikasi ishga tushurildi.
Ushbu fabrikaning qurilish-montaj ishlariga 7.5 mlyard so’m mablag’ sarf-xarajat qilinib ,
GAK «O’zbekenergo» mablag’lari va «kapitalbank» kreditlaridan foydalanildi.
Fabrikada 120 dona Yaponiya mamlakatidan keltirilgan , zamonaviy tipdagi tikuv mashinalari o’rnatildi.
Fabrikaning ishga tushishi munosabati bilan 200 nafar yangi ish o’rinlari yaratilib ,shundan 120 nafar ish o’rinlarida kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar ishga qabul qilindi.
Fabrikada turli xil choyshablar,bolalar,erkak va ayollar uchun kiyim kechaklar , universal xoldagi ishchilar va muxandis texnik xodimlar uchun maxsus kiyim kechaklar ishlab chiqarilishi hamda keyinchalik chetga eksport qilinishi mo’ljallangan.