Ayol ustozlar o‘rtasida “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
Bugun, 30-aprel kuni Angor tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan ayol xodimlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tumandagi Sport maktabida yuqori saviyada tashkil etilgan ushbu bellashuvda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining ustoz hamda tarbiyachilari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar sportga bo‘lgan qiziqishlari, jamoaviy hamjihatlik va yuqori mahoratlarini namoyon etdilar. Qizg‘in kechgan bahslarning yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
🥇 1-o‘rin – 37-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin – 33-maktab jamoasi;
🥉 3-o‘rin – 5-maktab jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.