Qiziriqda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Qiziriq tumanida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalar xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda — sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etildi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tgan mazkur bellashuvlarda pedagog xodimlar sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Musobaqa nafaqat g‘oliblarni aniqlash, balki soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi.