8-mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bepul yo‘llanmalar topshirildi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 8-Mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga bepul yo‘llanmalar topshirildi. Xususan, Viloyat “Toza xudud” davlat muassasasi farroshi Raxmonova Matluba Jumaevna, Jarqo‘rg‘on tumani 1-son texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi Jumaeva Feruza O‘roqovna, Termiz shahar Xarbiy gospitali xamshirasi Xasanova Umidabonu Xasanovnaga sog‘liklarni tiklab, davolanib kelishlari uchun Toshkent viloyatidagi “Umid Gulshani” sanatoriysi yo‘llanmalari topshirildi. Bu kabi muruvvat ishlari izchil davom etmoqda.