Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati savdo, matlubot koopiratsiyasi va xususiy tadbirkorlar hodimlari kasaba uyushmasi delegatsiyasi Termiz shahrida.

Tojikiston Respublikasining Xatlon viloyati savdo, matlubot koopiratsiyasi va xususiy tadbirkorlar hodimlari kasaba uyushmasi  O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi o‘rtasida  2025 yil 20 sentyabrda imzolangan xamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv “Memoradium”ga asosan Xatlon viloyati savdo, matlubot koopiratsiyasi va xususiy tadbirkorlar hodimlari kasaba uyushmasining raisi Quvvatov Muxridin Saidikramovich boshchiligida , Boxtar shaxri “Farafon Qo‘rg‘ontepa” MChJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Abdukarimzoda Firuz Abdukarim, hamda Qabadion tumani matlubot koopiratsiyasi ittifoqi hodimlari bosh xisobchisi- kasaba uyushmasi qo‘mitasini raisi Abdulloev Hakimjonlar tarmoq kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasida 10-12 dekabr kunlari bo‘lib, o‘zaro tajriba almashishdi.

       11 dekabr kuni O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Abdukarim Axmedov qabulida bo‘lib, viloyat kasaba uyushmalarida keyingi yillarda xodimlarni sog‘lomlashtirish, sportni ommaviyligini oshirish bo‘yicha,  mehnatkashlarni ijtimoiy, iqtisodiy hamda huquqiy ximoyasini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. 

     Tasdiqlangan dastur bo‘yicha  Termiz shahar “Amudaryo”  sog‘lomlashtirish bolalar oromgoxida bo‘lib, bolalar uchun yaratilgan  sharoitlar, oromgoxning ish tartibi, oromgoh direktori O‘ktam O‘taganovni ma’lumotlaridan ta’sirlanib, tarmoq kasaba uyushmasi Xatlon viloyati hodimlarining farzandlarini ham sog‘lomlashtirish imkoni yaratilishini so‘rab qolishdi.  .

     Kunning ikkinchi yarmida Termiz shaxri “Termiz –Baqtriya — Savdo” savdo kompleksi MChJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi I.To‘xtamurodovaning faoliyati bilan tanishib, MChJda xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ijtimoiy ximoya masalalari, xodimlarni sog‘lomlashtirish va sayoxatlar uyushtirish bo‘yicha tashkil etilgan ishlaridan tasirlandilar va bu ishlarni o‘zlarida ham tashkil etishini aytdilar.

11-dekabr kuni dasturga asosan Al-Hakim   At-Termiziy majmuasiga ziyorat qilishib, ulug‘ allomamiz ishlari yuzasidan ma’lumotga ega bo‘ldilar. Al-Hakim   At-Termiziy majmuasida ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlardan, obodonlashtirish ishlaridan  katta ta’surotga ega bo‘ldilar.

      Kunning ikkinchi yarmida Sherobot tuman “Tadbirkorlar” boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasining ish faoliyati bilan tanishdilar va Iso At-Temiziy majmuasini ziyorat qilib so‘ng Sherobod tuman “Axborot resurslar markaziy” kutubxonasida bo‘lib, u yerda xodimlar uchun tashkil etilgan sharoitlar, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyat bilan tanishdilar.

     Kutubxonaning boy kitob fondidan tasirlanib kutubxona tashrif kitobiga o‘z fikr va muloxazalarni bildirdilar.

   12 dekabr Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyati savdo, matlubot koopiratsiyasi va xususiy tadbirkorlar hodimlari kasaba uyushmasi raisi Kuvatov Muxriddin Saidikramovich boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahrida yangi ochilgan “Termiz xalqaro savdo markazi”da bo‘lib u yerdagi savdo xodimlari uchun tashkil etilgan mehnat sharoitlar va chet mamlakatlari fuqarolari uchun davolanish, mexmonxonada  turush va ovqatlanish uchun qulaylik yaratilganlari bilan tanishdi.

Print Friendly, PDF & Email