
Til millat ko’zgusi
Angor tumanidagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan ijodkor yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda viloyatimizning taniqli adiblari, shoir va yozuvchilari ishtirok etib, O’zbek tilining davlat tili maqomini olganligining ahamiyati, uning millat madaniyati va tarixidagi o‘rni, tilni rivojlantirish va asrash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv davomida yosh ijodkorlar o‘zlarining she’rlari va asarlarini taqdim etishdi, ishtirokchilar o‘rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir tilimizning millat ko‘zgusi ekanligini yana bir bor eslatib, uning saqlanishi va ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning davom etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.