
Angorda o‘qituvchilar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Angor tumanidagi o‘qituvchilar o‘rtasida
“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda sportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqa yakunida mini-futbol bo‘yicha 1-o‘rinni 21-sonli umumta’lim maktabi, stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni 9, 25-sonli umumta’lim maktablari, shaxmat bo‘yicha 1-o‘rinni 8,13-sonli umumta’lim maktablari, shashka bo‘yicha 26, 28-sonli umumta’lim maktablari jamoasi egallashdi.
Yuqori natijalarni egallagan g‘olib jamoalarga hamkor tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi.