
Sherobodda “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida sport musobaqalari!
Sherobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamda tuman sport maktabi hamkorligida ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoalarda do‘stona muhitni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida “Kasaba uyushmasi kubogi” ni xududiy bosqichi o’tkazildi.
Musobaqalarda ishtirokchilar futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka kabi sport turlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Tadbir barcha qatnashchilarga yuqori kayfiyat, sog‘lom raqobat va jamoaviylik ruhini ulashdi.
Mazkur sport tadbiri – nafaqat jismoniy faollik, balki ta’lim sifatining oshishida sog‘lom muhitning naqadar muhim ekanini yana bir bor isbotladi.
G’olib bo’lgan maktab jamoalari tuman bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.
Sog‘lom jamoa – sifatli ta’lim garovi!