
Tashkilotda Jamoa shartnomasi bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 14 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Surxondaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilishi hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi kasaba uyushmalari tashkilotlarida hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizom asosida Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi bo‘yicha Ish beruvchi hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari tinglandi.
Hisobot saylov yig‘ilishida qo‘mitaning 5 yillik faoliyati yuzasidan ma’ruzalar tinglandi hamda qoniqarli deb topildi. Yig‘ilish davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va a’zolari qayta saylandi hamda kelgusi 5 yillik uchun vazifalar belgilab olindi.