
Jamoa shartnomasi hisobot-saylov Konferensiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tizimidagi Sariosiyo tuman obodonlashtirish boshqarmasida Jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi va hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hisobotlari tinglanib jamoa shartnomasi bandlarining 2024 yilda bajarilishi kasaba uyushma a’zolari tomonidan qoniqarli deb topildi.
Shuningdek, Hisobot-saylov Konferensiya yig‘ilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining 2020 yil fevral oyidan 2025 yil fevral oyi davrida olib borilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, yig‘ilish qatnashchilariga so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu yil O‘zbekiston Kasaba uyushmalari xarakatining 120 yilligi keng nishonlanishi xaqida ma’lumot berildi.