
Jamoa shartnomasi bajarilishi xisobotlari tinglandi
Joriy yilning 18 fevral kuni Muzrabot tuman Sport maktabida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasi 2024 yil yakuni ko‘rib chiqildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi S.Axmedov tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi xisobotlari tinglandi va xisobot yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan maqullanib, 2025 yil uchun jamoa shartnomasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar qabul qilindi. Shuningdek Sport maktabining xisobot saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisligiga bir ovozdan S. Axmedov qayta saylandi.