
Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 11 fevral kuni O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Jarqo‘rg‘on tuman hokimligida 2023-2025 yillar uchun imzolangan Jamoa shartnomasining 2024 yilda bajarilishi hamda Hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi N.Ximmatova ishtirok etdi.
Yig‘ilishlarning kun tartibiga ko‘ra,
Ish beruvchi va kasaba uyushma qo‘mitasi raisining 2024 yildagi faoliyati yuzasidan ma’ruzalari tinglandi.
Jamoa shartnomasining ijrosi bo‘yicha hisobot berildi.
Hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’ruzalarda xodimlarning ijtimoiy himoyasi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, kasaba uyushmasining tashabbuslari va kelgusi rejalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kasaba uyushmasining tashkilotdagi o‘rni va ahamiyati borasida fikrlar bildirildi.
Yig‘ilishda ishtirokchilar o‘zlarining fikr va takliflarini bildirib, ish samaradorligini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoya mexanizmlarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar kiritdilar.
Yig‘ilish yakunida kun tartibiga qo‘yilgan barcha masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi hamda a’zolari qayta saylandi. Shu bilan birga, kasaba uyushmasining 2025 yil uchun ustuvor vazifalari belgilab olindi.
Bu yig‘ilish xodimlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning mehnat huquqlarini ta’minlash va kasaba uyushmasining nufuzini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.