“YAShIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KO‘ChATLAR EKILDI
Joriy yilning 21 oktyabrida Prezidentimiz raisligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda belgilangan vazifalar, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish, bog‘ va yashil maydonlar tashkil etish borasida kasaba uyushmalari tomonidan ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “Amudaryo” bolalar oromgohida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi ko‘chatlar va manzarali daraxt ekish jarayonlariga start berildi.
Tadbirda O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich, O‘zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Qodirov Shavkat Jumabaevich, tarmoq kasaba uyushma faollari, va viloyat nuroniylari ishtirok etdi.