Kasaba uyushmalari xodimlari munosib taqdirlandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyi bo‘lib o‘tgan 2020-yil 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalarining hayotida unutilmas va tarixiy kun bo‘lib qoldi.

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan “11-noyabr – “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” deb e’lon qilinib, har yili ushbu kunni bayram sifatida nishonlash kasaba uyushmalarining an’analaridan biriga aylandi.

Yurtimizda ishchi-xodimlarning mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlashda, aholi turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda, davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik masalalarida erishilayotgan salmoqli natijalarda soha xodimlarining munosib hissasi mujassam.

Bugun Angor tumanida bayram munosabati bilan soha fidoyilari tuman hokimining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email