1-iyun ”Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
1-iyun ”Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bolalarga mehr-muruvvat ko’rsatib, quvonch va shodlik ulashish maqsadida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi hamda Mudofaa vazirligi xuzuridagi Jamoatchilik kengashi viloyat bo’limi hamkorlikda “Har bir bolaga mehr, e’tibor” shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.
Bayram munosabati bilan tashkil etilgan xayriya tadbirlarida vatan sarhadlarin himoya qilish yo’lida xalok bo’lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari hamda xizmat burchini bajarish vaqtida olgan jarohati tufayli nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar va ularning imkoniyati cheklangan farzandlari holidan xabar olindi. Tashriflar davomida bolalarga 12 turdagi o’quv qurollari, kitoblar hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi.