7 oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir” mavzusida seminar o‘tkazildi
2024 yil 10 oktyabr kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi katta zalida 7 oktyabr – “Butunjahon munosib mehnat kuni”ga bag‘ishlab “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir” mavzusida seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi apparat xodimlari, tarmoq kasaba uyushmalari xodimlari, tuman (shahar) kengashlari rais va xisobchilari hamda yirik boshlang‘i kasaba uyushma qo‘mitalari raislari, Surxondaryo viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi raxbariyati hamda hamkor tashkilotlar vakillaridan tashkil topgan jami 164 nafar kishi ishtirok etishdi.
Seminarni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi raisi A.Axmedov ochib berdi va seminarda qatnashgan tashkilot raxbarlari tomonidan “Munosib mehnat — munosib hayot asosidir” mavzusida ma’ruzalar qilindi.