21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!
Bugun Angor tumanida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida, ona tilimizga ulkan ehtirom ramzi sifatida buyuk bobokalonimiz, mutafakkir shoir Alisher Navoiyning haykali poyiga gulchambar qo‘yildi.
Asrlar davomida o‘zbek tili va uning rivojiga barakali hissa qo‘shgan siymolar, ular amalga oshirgan ezgu ishlar yodga olinib, bugungi kunda ham o‘zbek adabiy tilini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ta’kidlab o‘tildi.
Bayramda tuman hokimligi hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi tomonidan «Eng yaxshi kitobxon” tanlovi g‘oliblari hamda bir guruh namunali o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga sovg’alar topshirildi.