2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati tizimidagi «To‘palang-Qoratoq» irrigatsiya tizimlari boshqarmasida 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya ishida kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Xolnazarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Turdiev hamda boshqarma boshlig‘i va hududiy bo‘linmalardan 38 nafar vakil ishtirok etdi.
Tadbir davomida boshqarma xodimlari va vakillardan R.Botirov, A.Abdurasulov, M.Yuzbaeva hamda O.O‘rinovalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan 2025–2027 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.