Bayram sovg‘alari topshirildi

Joriy yilning 18 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida Ramazon hayiti va Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan «Mehr ulashaylik» shiori ostida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida Sariosiyo tumanidagi «Farhod» ayollar muruvvat uyida yashovchilar holidan xabar olinib, ularga va muassasa xodimlariga tashkilotchilarning bayram sovg‘alari topshirildi.

2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17 mart kuni O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati tizimidagi «To‘palang-Qoratoq» irrigatsiya tizimlari boshqarmasida 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yil yakunlariga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida kasaba uyushmasi Respublika kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi B.Xolnazarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Turdiev hamda boshqarma boshlig‘i va hududiy bo‘linmalardan 38 nafar vakil ishtirok etdi.

Tadbir davomida boshqarma xodimlari va vakillardan R.Botirov, A.Abdurasulov, M.Yuzbaeva hamda O.O‘rinovalar so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Konferensiya ishtirokchilari tomonidan 2025–2027 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.

 

Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

Angor tumanida umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Hashar jarayonida yo‘l chetlarini obodonlashtirish, ekilgan daraxtlarni parvarishlash, gul ko‘chatlari va urug‘larini ekish ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur ezgu tadbirda fuqarolar, yoshlar, nuroniylar hamda tashkilot va muassasalar xodimlari faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va mahallalarimiz ko‘rkamligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Jamoa shartnomasi qabul qilindi

Joriy yilning 13 mart kuni Uzun tumanidagi 22 va 23-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2024 yildagi ijrosi bo‘yicha mehnat jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkilot direktorlari va boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislarining hisobotlari tinglandi. Jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishi «qoniqarli» deb baholandi. Shuningdek, tadbir davomida 2025–2027 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi qabul qilindi.

«To‘maris izdoshlari» — kuch, shijoat va nafosat timsoli!

 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Termiz Daryo Porti» MChJ da «To‘maris izdoshlari» shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi, Ushbu musobaqada korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar faol ishtirok etdilar, Qizg‘in bellashuvlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy tarzda o‘tgan musobaqa barcha ishtirokchilarga bayramona ruh bag‘ishladi. Tadbir davomida xotin-qizlarning faolligi , matonati va To‘maris izdoshlariga mos jasorati yana bir bor namoyon bo‘ldi. Musobaqa yakunida ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib , esdalik sovg‘alari topshirildi

Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Shuningdek, bugun 3 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Sho‘rchi tumani kasb-hunarga o‘kitish markazida ham jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi hamda bir ovozdan qoniqarli deb topildi

 

Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 3 mart kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida 2025-2027 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanda hamda qoniqarli deb topildi.

8-mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan bepul yo‘llanmalar topshirildi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan 8-Mart “Halqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga bepul yo‘llanmalar topshirildi. Xususan,  Viloyat “Toza xudud” davlat muassasasi farroshi Raxmonova Matluba Jumaevna, Jarqo‘rg‘on tumani  1-son texnikumi  maxsus fan o‘qituvchisi Jumaeva Feruza O‘roqovna, Termiz shahar Xarbiy gospitali xamshirasi Xasanova Umidabonu Xasanovnaga  sog‘liklarni tiklab, davolanib kelishlari uchun Toshkent viloyatidagi “Umid Gulshani” sanatoriysi yo‘llanmalari topshirildi.                                                      Bu kabi muruvvat ishlari izchil davom etmoqda.