JAMOA SHARTNOMASI IJROSI KO‘RIB CHIQILDI

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan Jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Filial rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan hisobot berilib, ijro qoniqarli deb topildi. 2026–2028-yillar uchun yangi Jamoa shartnomasi loyihasiga takliflar kiritilib, 4 nafar delegat saylandi.

Tadbirda boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shonazar Jo‘raboyevich Axmedov ishtirok etib, xodimlar uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ijtimoiy tadbirlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat

Kengashi Raisi A Axmedovning Kasaba uyushmasi va mening xayotim kitobi boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Shonazar Jo‘raboyevich Axmedovga esdalik uchun topshirildi.

Jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 20 fevral kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “Muruvvat” internat uyida 2024-2026 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ish beruvchi hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglanib, bir ovozdan qoniqarli deb topildi.