Yangi jamoa shartnomasi imzolandi

2026 yil 18 fevral kuni Sho‘rchi tuman tibbiyot birlashmasi va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining konferensiyasi o‘tkazildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va tibbiyot birlashma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisining  hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilindi. Mehnat jamoasi tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi qoniqarli deb topildi. 2026-2028 yillar uchun yangi jamoa shartnomasi imzolandi.