«Yilning eng faol tuman kengashi» sarlavhali maqola o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi

Boysun gazetasining 2026 yil 28 yanvar kuni chop etilgan №2 (6464) soni, 1-sahifasida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Nodira Ximmatovaning «Yilning eng faol tuman kengashi» sarlavhali maqolasi o‘quvchilar e’tiboriga havola etildi.

Mazkur maqolada tuman Kengashi raisi O‘rol Murodov rahbarligida o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan tizimli ishlar, mehnat jamoalari manfaatlarini himoya qilish borasidagi tashabbuslar hamda qo‘lga kiritilgan amaliy natijalar atroflicha yoritilgan. Shuningdek, tuman Kengashining faoliyati samaradorligi, jamoatchilik orasidagi nufuzi va «yilning eng faol tuman kengashi» sifatida e’tirof etilgani asosli dalillar bilan ko‘rsatib berilgan.

Amaliy yordam ko‘rsatildi

2026 yilning 20-22 yanvar kunlari O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Denov tumani kengashi va Oltinsoy tumani kengashlari tomonidan tomonidan tarmoq tizimidagi Mahallalar uyushmasi Denov tuman bo‘limi boshlang‘ich kasaba uyushmasiga hamda Oltinsoy tumani kengashi tomonidan tarmoq tizimidagi Oltinsoy tumani iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlang‘ich kasaba uyushmasiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan bayram munosabati bilan O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashi tizimidagi Sherobod tumani hokimligi tomonidan tuman Madaniyat markazida “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbiri davomida o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar hamda madaniy dasturlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir yakunida tumanda mamlakatimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh faol ta’lim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlariga tuman Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.