Shifokorlar o‘rtasida futbol turniri Surxondaryoda bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Termiz shahridagi «Surxon sport majmuasi»da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar shifokorlari futbol jamoalari o‘rtasida «Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo  viloyat Kengashi raisi kubogi» mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning ochilishda Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i K.M.Abduvohidov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi raisi M.J.Kadirova hamda Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi rahbari S.Shomurodov ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladilar. Ularning nutqlarida sport sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi ekanligi va tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Futbol turnirining yakuniga ko‘ra

1-o‘rinni  Qashqadaryo viloyat jamoasi;

2-o‘rinni  Samarqand viloyat jamoasi;

3-o‘rinni  Toshkent shahar jamoasi;

Yoshlar o‘rtasida

1-o‘rinni  Samarqand viloyat jamoasi;

2-o‘rinni  Surxondaryo viloyat jamoasi;

3-o‘rinni  O‘zbekiston farmsanoat jamoalari qo‘lga kiritishdi.

G‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashining maxsus diplomlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

«Kasaba uyushmalari kuni» hamda «Kasaba uyushmalarining 120 yilligi» bayrami munosabati bilan sport tadbiri o‘tkazildi.

«Kasaba uyushmalari kuni» hamda «Kasaba uyushmalarining 120 yilligi» bayrami munosabati bilan Uzun tuman ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Bo‘linmasi va Uzun tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida 2025 yil 2 noyabr kuni sportning mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka hamda kopda sakrash turlari bo‘yicha xududiy bosqich musobaqalari o‘tkazildi. Xududiy bosqich g‘oliblari tuman bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yangi saylov natijalari yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladi!

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining IX qurultoyi yakunlariga ko‘ra,

Bu yilgi qurultoy tarixiy ahamiyat kasb etdi — rais va o‘rinbosarlar ilk bor muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylanishi bundan buyon ochiqlik, oshkoralik va samaradorlik tamoyillarining yanada mustahkamlanishidan dalolat beradi.

Qudratilla Rafiqov 91,9 foiz ovoz bilan Federatsiya raisi etib saylanganlari bilan chin dildan tabriklaymiz!

Qudratilla Rafiqov zimmalaridaga yuklangan ulkan mas’uliyatli vazifalarda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oya va tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etishda bardavom kuch-quvvat, baraka va omad tilaymiz.

Federatsiyaning kelgusi faoliyatida mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida yanada yangi marralar zabt etilishlariga ishonamiz.