Ochiq muloqotlari o‘tkazildi

Joriy yilning  12 noyabr kuni Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Birlashgan qo‘mitasi   tizimidagi Termiz tuman Obodonlashtirish boshqarmasi gul yetishtiruvchisi  Oygul Jabborovna Shomuratovaga O‘zbekiston kasaba uyushmalarining  120 yilligi “Esdalik nishoni” Birlashgan qo‘mita raisi X.Qo‘zimuradov tomonidan topshirildi.

           Obodonlashtirish boshqarmasida bayram munosobati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari rahbarlari hamda viloyat kengashi mehnat huquq inspektori Zarif Xolov ishtirokida kasaba uyushmasi a’zolari bilan  ochiq muloqotlari o‘tkazildi.