11-NOYABR – O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI 🇺🇿

Bugun maktabimizda 11-noyabr O’zbekiston kasaba uyushmalari kunining 120 yilligi munosabati bilan Inson qadri har narsadan ulug’ shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ustozlarimizga ehtirom bajo keltirilib, fidokor o‘qituvchilar e’tirof etildi hamda xodimlar o’rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o’tkazildi.

Kasaba uyushmalari — mehnatkash insonlar himoyasi, birdamlik va mehr-oqibat timsolidir.

Barcha kasaba uyushmasi a’zolarini bayram bilan tabriklaymiz!

Esdalik sovg‘alari topshirildi.

Joriy yilning  7 noyabr kuni  Angor tuman kasaba uyushma bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda «11-noyabr Kasaba uyushmalari» kuni munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida kasaba uyushma raislariga esdalik sovg‘alari topshirildi.