“Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan har yili o‘tkazilib kelinayotgan “Yil ayoli” milliy tanlovi jamiyat va davlat hayotida faol, ibratli hamda namunali xotin-qizlarni aniqlashga qaratilgan.

Mazkur tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo‘layotgan, o‘z sohasi nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan xotin-qizlar e’tirof etiladi.

Tanlovning Angor tumani bosqichida 16 nafar ishtirokchi o‘z iqtidorini namoyish etdi. Baholash natijasiga ko‘ra, eng munosib deb topilgan xotin-qizlar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga tashakkurnoma va sovgʻalar topshirildi.