Parvarishiga muxtoj keksalar e’tiborda

Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Muzrabot tuman bo‘linmasi va tuman Ijtimoiy ko‘niktirish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 27 dekabrdagi «O‘zgalar parvarishiga muxtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi RQ-410-sonli qarori ijrosini  ta’minlash maqsadida Muzrabot tumani Obod turmush maxallasida yashovchi Shaymardonova Oybegim Erdonaevnaga yotoqxona jixozlari, stol, 2 dona stul hamda kiyim javoni  yetkazib berildi.

Bilimlar kuni — yangi marralar sari!

Bugun Boysun tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yili boshlandi. Ushbu quvonchli kun o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalar uchun chinakam bayram bo‘ldi.

Bilim — mustaqillikning eng kuchli quroli, kelajagimizning poydevori. Shu bois, bu kun nafaqat darslarning boshlanishi, balki yangi orzular, ulkan marralar va yurt ravnaqi yo‘lidagi qadamlarning ham boshlanishidir.

Kasaba uyushmalari nomidan yangi o‘quv yilida barcha o‘quvchi va o’qituvchilarga kuch-g‘ayrat, sabr-toqat va ulkan yutuqlar tilaymiz!