“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” umumxalq xayriya hashari davom etmoqda

Bugun yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu tashabbusda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar jarayonida olib borilayotgan ishlar nafaqat atrof-muhitni obod qilishga, balki jamiyatimizda birdamlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bunday xayrli tashabbuslar yurtdoshlarimizning yurtga muhabbati, poklik va totuvlikka intilishi, jamiyatdagi ijtimoiy birdamlikni yana bir bor namoyon etmoqda.

Barchani obod va fayzli mahalla barpo etish yo‘lida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

«KASABA UYUSHMASI VA MENING HAYOTIM” KITOBI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI

Termiz shahrida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Surxondaryo viloyati bo‘limi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi”, “Do‘stlik” ordeni sohibi, Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi Abdukarim Ahmedovning “Kasaba uyushmasi va mening hayotim” nomli kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 100 dan ortiq kitobsevar yoshlar, shoir-yozuvchilar, jurnalistlar, mehnat faxriylari hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

      O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi vazifasini bajaruvchi Chori Jumaqulov olib borgan mazkur tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlanib, mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi arafasida bosmadan chiqqan mazkur kitob yurtimizning katta to‘yiga to‘yona sifatida ekanligi ta’kidlanib, muallifning ibratli umr yo‘li, hayoti va qizg‘in ish faoliyati haqida atroflicha so‘z yuritildi.

      Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekiston Qahramoni, tibbiyot fanlari doktori Rahmon Muhammadiev, O‘zbekiston Yozuvchilar ushmasi viloyat bo‘limi rahbari Mengnor Ollomurodov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi raisi, viloyat Kengashi deputati Orziqul Soatov, TerDU professorlari Poyon Bakirov, Sayfulla Tursunov va boshqalar “Kasaba uyushmalari tarixi”, “Kasaba uyushmalari faoliyatiga nazar”, “Mening hayot yo‘lim” deb nomlangan uch qismdan iborat mazkur kitob muallifning uzoq yillik ijodiy mehnati izlanishlari samarasi ekanligini ta’kidlashdi.

      Darhaqiqat, ushbu to‘plam shunisi bilan ahamiyatliki, unda nafaqat kasaba uyushmalarining o‘tmishi, kechagi kuni, balki buguni va ertasi xususida ham yorqin mushohadalarga keng o‘rin berilgan. Ayniqsa, tizimda mehnat qilayotgan fidoyi insonlar faoliyati haqida individual tarzda lavhalar bitilgan. Mazkur hayotiy voqelik va hikoyalar bilan tanishgan o‘quvchi bugungi farovon kunlarning o‘z-o‘zidan kelmaganligini, bu jasoratli mehnat va kurash natijasi ekanligini chuqur anglay oladi. Shu ma’noda ushbu asarni mustaqilligimizga bitilgan qasida, deb atash mumkin.

     Bundan tashqari, xodim va rahbar sifatida ko‘plab sohalarda faoliyat yuritgan Abdukarim Abdurahmonovich qo‘liga qalam olar ekan umri davomida ko‘rgan-kechirgan voqea-hodisalardan chiqarilgan hayotiy falsafasi, tajribalari va tarbiyaviy o‘gitlarini bayon etgan. Shu bilan birga viloyat hayotiga daxldor voqea-hodisalar, bironta to‘plamda to‘liq yoritilmagan tabarruk qadamjolar haqida to‘xtalib o‘tgani ushbu kitobning Surxondaryo va surxondaryoliklar tarixiga daxldor muhim manba, nodir qo‘llanma sifatida o‘quvchilar qalbidan joy olishi shubhasiz.