
Sho‘rchi tumanida IV “Ustozlar milliy forumi”
Sho‘rchi tumanida IV “Ustozlar milliy forumi” da tuman hokimi Akbarali Ishmurzoev ishtirok etib, ta’lim muassasalarining rahbarlari va o‘qituvchilari orqali tumanimiz pedagoglarini mustaqillikning 34 yillik bayrami va “Bilimlar kuni” bilan tabrikladi.
Oliy ta’limga o‘quvchilarning o‘rtacha kirish ko‘rsatgichi bo‘yicha so‘ngi 5 yilda tumanimiz 13-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarilishi barchamizni quvontirdi. Bundan tashqari tuman terma jamoasi umumta’lim maktablari fanlar bo‘yicha olimpiadalarda so‘nggi yillarda viloyatda 14-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi.
2025 yilda Investitsiya dasturiga asosan tumanda 3 ta yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta qo‘shimcha binolar quriladi hamda 1 ta maktabda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya sohasida yutuqlarga erishgan, faol, tashabbuskor, izlanuvchan va namunali pedagoglar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Sho‘rchi tuman bo‘linmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.