Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanidan 101 nafar 7-14 yoshdagi bolalar Termiz temir yo‘l vokzalida karnay-surnay sadolari ostida O‘zbekiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi raisi A.Axmedov, kengash raisining o‘rinbosari Q.Bobolov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida tantanali kutib olindi.
Qayd etish kerakki bir necha yildirki, Taxiatoshlik bolalarni yozgi mavsumda Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohida dam oldirish an’ana tusiga kirgan.
Mehmonlar kutib olingach avtobuslarda yo‘l harakati havfsizligi hizmati xodimlari kuzatuvi ostida Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar oromgohiga olib kelindi. Bolajonlar mazkur oromgohda mazali taomlardan tanavvul qilib, oromgohda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Shundan so‘ng ma’sullar ishtirokida Sherobod tumanidagi “Beshbuloq” bolalar oromgohiga tantanali ravishda kuzatib qo‘yildi.
Bugun oromgohimizda Sarhisob kuni bo‘lib o‘tdi. Faol ishtiroki, intiluvchanligi va namunali xulqi bilan ajralib turgan bolajonlar tantanali ravishda taqdirlandi.
Bolajonlarga Sherobod va Angor tuman ta’lim kasaba uyushmalari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Bu unutilmas lahzalar bolajonlarimiz qalbida abadiy muhrlanib qoladi!
30-iyun, 2025-yil kuni Surxondaryo viloyatidagi Amudaryo, Xonjiza, Beshbuloq va Janub gavhari sog‘lomlashtirish oromgohlarida yozgi mavsum doirasida 900 ga yaqin bolani qamrab olgan ajoyib tadbirlar bo‘lib o‘tdi!
Volontyor-mentorlar tomonidan seminar-treninglar, Yoshlar ishlari agentligi, Zakovat intellektual klubi va Surxondaryo volontyorlar maktabi hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbir ko‘tarinki ruhda va energiyaga boy o‘tdi! Musobaqalarda faol ishtirok etgan bolalar diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi!