Amudaryo» bolalar oromgohida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan «Amudaryo» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida ushbu tadbirlar joriy yilning 13 iyun kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qorabayir otlari mahorat maktabi tomonidan uyushtirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi «Amudaryo» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolalarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishlari, madaniy-ma’rifiy bilimlarini oshirishi, jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga qiziqishlarini rivojlantirishi va ijobiy xotiralar yaratishiga qaratilgan.

Tadbirlar doirasida ma’rifiy dasturlar, turli konkurs va musobaqalar, san’at va madaniyat bilan tanishish, jismoniy mashqlar, sport musobaqalari va komandaviy o‘yinlar tashkil etildi.