
Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasida o‘quv-seminari hamda tuman, shahar raislar kengashining V -Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
2025 yilda barcha kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlar o‘tkazildi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, 26 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Rafikov Qudratillo Mirsagatovich tomonidan zoom orqali o‘tkazilgan yig‘ilish Qaroriga asosan joylardagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va tashkilotchilari ayniqsa 2025 yilda o‘tkazilga xisobot-saylovlarda yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida 4 iyun kuni Surxondaryo viloyatida “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risida o‘quv-seminari hamda Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar raislar kengashining V -Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kenagishi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi, “Halq yo‘li” gazetasi bosh muharriri, Respublika “Ishonch va Ishonch doverie” gazetalari viloyat bo‘yicha muxbiri Jumaqulov Chori Pardaevich, viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevich, Surxondaryo viloyat kengashining bo‘lim boshliqlari, tuman shaxar kengashlari raislari va xisobchilari, yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va delegatlar ishtirok etishdi.
“Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risida Respublika kengashi raisi T.Bozorov, viloyat kengashining bo‘lim boshliqlari dastur asosida so‘zga chiqib o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalari qilishdi. Tadbir davomida kasaba uyushmalari tizimida ko‘p yillik samarali mexnatlari uchun Respublika kengashi tomonidan 8 nafar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitaraislari taqdirlandilar.
Seminar yakunlangandan so‘ng Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar raislar kengashining V — Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xisobot saylovda viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi J.Xolmurodov tomonidan o‘tgan 5 yillik davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisoboti tinglandi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi. Kun tartibidagi keyingi masala saylovlar bo‘lib Respublika kengashining V-Qurultoyiga, viloyat kengashining IX- konferensiyasiga delegatlar hamda Respublika kengashining kengash tarkibiga vakillar saylandi.