Amudaryo» bolalar oromgohida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan «Amudaryo» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari maqsadida qiziqarli tadbirlar tashkil etildi.

«Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida ushbu tadbirlar joriy yilning 13 iyun kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat Kengashi tarmog‘i tizimidagi Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Qorabayir otlari mahorat maktabi tomonidan uyushtirildi.

Tadbirning asosiy maqsadi «Amudaryo» bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan bolalarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishlari, madaniy-ma’rifiy bilimlarini oshirishi, jismoniy tarbiya va sport faoliyatiga qiziqishlarini rivojlantirishi va ijobiy xotiralar yaratishiga qaratilgan.

Tadbirlar doirasida ma’rifiy dasturlar, turli konkurs va musobaqalar, san’at va madaniyat bilan tanishish, jismoniy mashqlar, sport musobaqalari va komandaviy o‘yinlar tashkil etildi.

12 iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni

Beshbuloq oromgohida ushbu sana munosabati bilan mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi mas’ullari ham ishtirok etib, bolalar mehnati bilan bog‘liq muammolar, ularning oldini olish choralari hamda bolalarning huquqlarini himoya qilish borasida samarali suhbatlar olib borildi.

Tadbir davomida:

 — Bolalar uchun qiziqarli viktorinalar, sport va ijodiy musobaqalar tashkil etildi.

 — Ularning bilim va iqtidorlari sinovdan o‘tkazildi.

 — Mehnat huquqlari haqida tushunchalar berildi.

 Tadbir yakunida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari mehmonlar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

  Farzandlarimizning bolaligi mehnat bilan emas mehr, ta’lim va qo‘llab-quvvatlash bilan o‘tsin!

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 10 iyun kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘linmasi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya ishida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xanapiyaev Farxodjon Raxmanovich,  O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili Qodirov Shavkat Jumaboevich,Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdivoxidov Komil Murtazaevich, taklif qilingan mehmonlar hamda delegatlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati Kengashining 2021 yil aprel’ oyidan 2025 yil iyun oyigacha olib borgan faoliyati “qoniqarli” deb baholandi hamda taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot-saylovlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomning 3.3.22. bandida ishlab chiqarishdagi ishidan ozod etilgan kasaba uyushmasining hududiy kengashlari raislari va rais o‘rinbosarlari saylovi muqarrar ravishda  muqobillik asosida, yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazilish belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi lavozimiga qayta  5 (besh) yillik muddatga Kadirova Muyassar Djumaevna saylandi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyati taftish komissiyasining tarkibi va taftish komissiyasi raisi saylandi.

Kun tartibida barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiya ishi yakunlanganidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Kengashining tashkiliy Majlis o‘tkazildi hamda Rayosat a’zolari, jamoatchilik asosida Kengash raisi o‘rinbosari saylandi.

Shuningdek, keyingi 5 yillikda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Kengashining muhim ustuvor vazifalari belgilab olindi.

 

Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasida o‘quv-seminari hamda tuman, shahar raislar kengashining V -Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

2025 yilda barcha kasaba uyushma tashkilotlarida hisobot-saylovlar o‘tkazildi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib,  26 may kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Rafikov Qudratillo Mirsagatovich tomonidan zoom orqali o‘tkazilgan yig‘ilish Qaroriga asosan joylardagi barcha boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va tashkilotchilari ayniqsa 2025 yilda o‘tkazilga xisobot-saylovlarda yangi saylangan kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida 4 iyun kuni Surxondaryo viloyatida “Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risida o‘quv-seminari hamda Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar raislar kengashining  V -Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kenagishi raisining birinchi o‘rinbosari Bozorov To‘xta Sharipovich, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi raisi, “Halq yo‘li” gazetasi bosh muharriri, Respublika “Ishonch va Ishonch doverie” gazetalari viloyat bo‘yicha muxbiri Jumaqulov Chori Pardaevich, viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Xolmurodov Jovli Norboevich, Surxondaryo viloyat kengashining bo‘lim boshliqlari, tuman shaxar kengashlari raislari va xisobchilari, yangi saylangan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari va delegatlar ishtirok etishdi.

“Boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini Ustav talablari va me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etish” to‘g‘risida Respublika kengashi raisi T.Bozorov, viloyat kengashining bo‘lim boshliqlari dastur asosida so‘zga chiqib o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruzalari qilishdi. Tadbir davomida kasaba uyushmalari tizimida ko‘p yillik samarali mexnatlari uchun Respublika kengashi tomonidan 8 nafar boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitaraislari taqdirlandilar.

Seminar yakunlangandan so‘ng Surxondaryo agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman, shahar raislar kengashining V — Hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Xisobot saylovda viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi J.Xolmurodov tomonidan o‘tgan 5 yillik davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xisoboti tinglandi va delegatlar tomonidan qoniqarli deb topildi. Kun tartibidagi keyingi masala saylovlar bo‘lib Respublika kengashining V-Qurultoyiga, viloyat kengashining IX- konferensiyasiga delegatlar hamda Respublika kengashining kengash tarkibiga vakillar saylandi.