
«Mening onam hamshira» rasmlar tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari takdirlandi.
Hamshiralik kasbining jamiyatdagi, eng avvalo oiladagi mavqeini oshirish, hamshiralar farzandlarining tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishlarini, ular ongida ota-onasi tanlagan kasbining sharafli kasb ekanligini, bemorlarga yordam ko‘rsatish, dardiga malham bo‘lish, kasbiga sadoqat va oliyjanoblik kabi g‘oyalarni targ‘ib qilish , iqtidorli farzandlar va ularning ota-onalarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 7 may kuni «Mening onam hamshira» rasmlar tanlovining viloyat bosqichida Angor tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Jo‘raeva Zebo Erkin qizining farzandi Abdurasulova Mubina Komiljonovna 1-o‘rin, Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Psixiatriya xizmati buyicha Surxondaryo filialida ma’muriyat hamshirasi Kayumova Mexriniso Uralovnaning farzandi Musurmonkulova Xilola Ilxomovna 2-o‘rin, Termiz tuman travmatologiya punkti navbatchi hashirasi Boltaeva Baxtigul Musulmonqul qizining farzandi Raxmanova Samira Jasurovna 3- o‘rin g‘oliblari va onalari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Surxondaryo viloyat Kengashi tashakkurnomasi hamda qimmatbaxo sovg‘alari bilan takdirlanishdi.